×

4.1.3 Disk turlari va ularning parametrlari

 
Disk turlari va ularning parametrlari
 
Elastic Cloud'da uchta turdagi disk mavjud: Super SSD, Standart SSD va Arxiv HDD. Disk virtual mashinaga tizim diski (operatsion tizim bilan) yoki qo'shimcha disk sifatida ulanadi.
Bitta virtual mashinaga bitta tizim diski va bir nechta qo'shimcha disklarni ulash mumkin. Qo'shimcha diskni virtual mashinadan uzib, Elastic Cloud doirasidagi boshqa virtual mashinaga ulash mumkin.
 
Disk turlari
 
Disk turi unumdorlikni (IOPS) va saqlash narxini belgilaydi. Kafolatlangan IOPS qiymatlari ko'rsatilgan.
Disk turi
Kafolatlangan IOPS
Maqsadi
Super SSD
10 000
Yuqori yuklamali ilovalar va ma'lumotlar bazalari
Standart SSD
3 000–7 000
Aksariyat virtual mashinalar va ilovalar
Arxiv HDD
100–750
Ma'lumotlarni va zaxira nusxalarni saqlash
 
Disk turlari va ularning xarakteristikalari virtual mashina joylashgan ma'lumotlar markaziga (Data Center) bog'liq emas.
 
Disk unumdorligi
 
Disk unumdorligi uning turi va hajmiga bog'liq: disk qanchalik katta bo'lsa, unumdorligi shunchalik yuqori bo'ladi.
Disk turi
Disk hajmi, GB
Maksimal IOPS
Kafolatlangan IOPS
Maksimal o'tkazuvchanlik qobiliyati, MB/s
Super SSD
255 gacha
30 000
10 000
240
Super SSD
256–1023
30 000
10 000
280
Super SSD
1024 dan
40 000
10 000
320
Standart SSD
255 gacha
10 000
3 000
80
Standart SSD
256–1023
10 000
3 000
120
Standart SSD
1024 dan
20 000
7 000
160
Arxiv HDD
255 gacha
1 000
100
16
Arxiv HDD
256–1023
1 000
100
24
Arxiv HDD
1024 dan
2 000
750
32
 
  • Maksimal IOPS — disk bir sekundda bajara oladigan kiritish-chiqarish operatsiyalarining eng katta soni.
  • Kafolatlangan IOPS — diskka har qanday vaqtda ajratiladigan kiritish-chiqarish operatsiyalarining soni.
  • Maksimal o'tkazuvchanlik qobiliyati — disk bir sekundda o'qiy yoki yozа oladigan ma'lumotlarning eng katta hajmi.
IOPS qiymatlari 8 KB o'lchamdagi blok uchun ko'rsatilgan. Disk unumdorligi ikkita limitdan biriga — IOPS yoki o'tkazuvchanlik qobiliyatiga — qaysi biri avval erishilsa, o'shanga ko'ra cheklanadi.
 
Tizim diski
 
Arxiv HDD diskini tizim diski sifatida ishlatib bo'lmaydi. Arxiv HDD turidagi diskni qo'shimcha disk sifatida zaxira nusxalar, distributivlar, arxiv hujjatlari va boshqa kam ishlatiladigan ma'lumotlarni saqlash uchun ulash tavsiya etiladi.
 
Disklarning narxi
 
Disk narxi uning turi va hajmiga bog'liq: hajmi 1 TB dan katta bo'lgan disklarning narxi yuqoriroq.
Disk hajmi oshirilganda, masalan, 200 GB dan 1 TB gacha, uning narxi qayta hisoblanadi.
Disklarning amaldagi narxlari  rasmiy veb-saytimizda mavjud e'lon qilinadi va konfiguratorda ko'rsatiladi.